, Mehmon!
Cheksiz +18 Yuklamalar !
Telegram rasmiy kanalimiz!!!
Kutubxona | Hikoyalar
1 2 >>

KELAJAGIMNI BARBOD QILDIM...”

Qo'shdi:Voqea (01.02.2018 / 08:32)
Reyting:rating 2859 article (0)
O'qilgan:214
Fikrlar:0
O`ziga to`q oilaning yolg`iz qiz farzandi edim. Dadamning tijorat ishlari yaxshi, shu sababli onamning ishlashiga hojat yo`q edi (dadam shunday hisoblardilar). Hech kimdan kam qilmay o`stirdilar, tarbiya berdilar. Sportga ham qatnashtirib, sog`lom ulg`aytirdilar. O`rta ta`lim muassasasini tamomlab, nufuzli universitetlarning biriga, hujjat topshirib, imtihondan o`tdim. Shartnoma asosida o`qishga qabul qilindim. A`lo baholarga o`qib ta`lim ola boshladim...
Bir kuni uyimizga men tanimaydigan, avvallari umuman ko`rmagan dadamning do`sti keldi. Ular juda uzoq vaqt bahslashdilar. Murosaga kelishdi chog`i jimib qolishdi. U odam ketdi. Biz dadamning ishlariga umuman aralashmasdik. Onam doim "bizni boqayaptimi tamom, shuning o`zi etarli. Qaerdan pul topishni o`zi hal qiladi" — derdilar.
Dadam ertasiga ishdan kelib zudlik bilan uyni bo`shatib qo`yishimiz kerakligini buyurdilar. Savol berishga haddim sig`may, buyruqlarini so`zsiz bajarishga kirishib ketdim. Onam esa shunday g`azablanardilarki, dadam bilan bir soatlarcha qattiq janjallashishdi. Ko`z yoshlarim bo`g`zimga kelgan, nima bo`layotganligiga aqlim etmasdi. Dadam miq etmadilar. Boshlarini changallab quyi solgan bo`yi o`tiraverdilar. Onam esa tinimsiz yig`lar, goh baqirib, goh pichirlab dadamni koyirdilar. Uyimizdan qimmatbaho tilla taqinchoqlar, kiyim-kechaklar va shaxsiy buyumlarimiznigina joylab faqatgina olti chemodon narsa oldik xolos. Uy jihozlarini olishga dadam ruxsat bermadilar.
Shu kuniyoq shaharning chetroq qismida joylashgan bir hovliga ijaraga ko`chib o`tdik. Dadam ortiqcha so`z gapirmas, onam ham koyiyverib ancha holdan toygan edilar. Shu zaylda kunlar kunga ulanib boraverdi. O`sha notanish kishi uyimizga kelgan kundan buyon barcha narsani yo`qotdik. Uy-joy, mol-davlat... Hattoki dadam tijorat yuritishdan ham mahrum bo`ldilar. Dadam, o`sha begona kishidan katta miqdorda qarz olib uyimizni garovga qo`ygan ekanlar, foizi ortib ketib to`lay olmabdilar.
Doim badavlat bo`lib yashagan inson bunday judolikni ko`tara olmas ekan. Yuraklari xuruj qilib, falaj bo`lib qoldilar. Onam har kuni dod-voy solib dadamni siltardilar. Ro`zg`or qilish yuki mening zimmamga yuklatildi. Talabalik stipendiyamni ancha vaqtdan beri yig`ib qo`yganim uchun avvaliga qiynalmadim. Dori-darmonlar va ijara haqqi uchun esa qimmatbaho taqinchoqlarimizni birin-ketin sota boshladik.
Dadamning dardlari o`zlariga etarli. Men esa o`qiyman. Xullas, onam hech qaerda o`qimaganlari uchun ish topa olmadilar. Mahalladagi ayollardan biri ularga qaerga borib yordam so`rash kerakligini uqtiribdi. Shu kuniyoq onam o`sha xonadonga ketdilar. Allamahalgacha kutdim. Tun yarimlab qolganda onam xush kayfiyat bilan kirib kelib, qo`llaridagi xaltadan anvoyi eguliklarni olib, birin-ketin dasturxonga qo`ydilar.
Savol berishga ham ulgurmadim. Xursandchilikdan bo`lgan voqeani gapirib berishga tushdilar, "Qo`shni ayol aytgan manzilga bordim. Ichkaridan o`zimni tanishtirishimni so`rashdi. Qo`shni ayol tayinlagan gaplarni aytdim. Darvoza eshigi ochilib, meni bir ayol ochiq chehra bilan ichkariga taklif qildi. Oilamiz haqida so`rab surishtirdi, barchasini gapirib berdim. Tushungan ayol ekan, o`zini Dilorom deb tanishtirdi. Meni hech qanday gap-so`zsiz ishga qabul qildi. Menga o`sha xonadon bekasi o`ziga yordamchi bo`lishimni tayinladi.
Bugundan ish boshlashim mumkinligini aytdi. Qiladigan yumushim juda engil bo`lib, xonadonga keluvchi mehmonlarga hech qanday savollarsiz choy tashish edi. Uyga qaytadigan vaqtimda bir dasta pul va eguliklar solingan xaltani "avans" deya qo`limga tutqazib yubordi", — deya so`zlarini tamomlab, dadam yotgan xonaga kirib ketdilar.
Men ancha engil tortdim. Onamning kayfiyatlari joyida, dadamga ham bugun o`shqirmadilar, xayriyat. Yaxshi kunlarimiz qaytayotgandek tuyuldi go`yo"…
Oradan ikki kun o`tmasdan dadamni nogironlar uyiga joylashtirdik. Bunga o`sha onamni ishga olgan xonadondagilar yordam berishdi. Onam ishga tushganlariga ko`p bo`lmagan bo`lsa-da, dadam qarovsiz qolib ketayotgandilar. Men ham yil yakuniy imtihonlarga tayyorgarlik ko`rib o`qishdan kech qaytardim. Dam olish kuni Diloram opa meni ham onam bilan birga borishimni so`rabdi. Birga bordim, ularni hech birini tanimaganim uchun oshxonadan chiqmadim. Ularnikiga juda ham ko`p ayollar, qizlar ta`lim olgani kelisharkan, men buni o`sha kuniyoq bilib oldim.
Men zamonaviy kiyinib olgandim, keluvchilar meni ko`rib qolishsa g`alati qarab bir nimalar deya pichirlab o`tishardi. Kech tushib hamma tarqagach, biz ham uyga qaytishga tayyorgarlik ko`rayotganimizda, Dilorom opa: fayluz.ru
— Qizingizni doim birga olib kelavering. Maoshini ikki barobar qilib beraman. Sizga ham yordamchi bo`ladi. Istasa, bizning jamoatga qo`shilib ta`lim olishi mumkin, faqat iltimos mana bu ust-boshini almashtirib, huddi bizlardek kiyinib olsin. Ko`cha-kuyda bunday yurish gunohi-azim. Men sizga diniy kitoblarimizdan beraman o`qib ozgina bo`lsa ham tushunchaga ega bo`linglar. Sizlardek go`zal ayollarimiz muslima bo`lmoqliklari kerak, — deb bizga kiyimlar, kitoblar bir qancha pul ham berdi. Ancha kech bo`lib qolgani uchun bizni uygacha mashinada Dilorom opaning ukalari Rashid aka eltib qo`ydi.
Qiziquvchanlik kuchlilik qilib tong otishini ham kutmasdan kitobga ko`z yugurtirib chiqdim. Diniy kitob ekan. Bu haqda avval tushunchaga ega bo`lmaganim uchun, menga qiziq tuyuldi. Muqaddimani o`qib "Jannatga yo`l" olish uchun jamoatga qo`shilib amirlar aytgan ishni qilish kerakligi yozilganiga ko`zim tushdi. Yaxshilab tanishib chiqmoqchi bo`ldim. O`qir ekanman negadir bu erda yozilgan narsalar biz yashayotgan hayotdan tubdan farq qilishini angladim. Kitobdagi bitiklar qo`rqinchlidek tuyuldi menga. Ushbu kitobda "qizlar balog`atga etgan zaxotiyoq nikohga berish kerakligi, ayollar esa ersiz yurmasliklari, "noshar`iy" taomlari iste`mol qilmaslik, kofirlarni qirib tashlash, bu erda o`qigan narsalariga amal qilib, boshqalarni ham shunga da`vat qilish" ta`kidlangandi.
Bu narsalar shunchalik chuqur yoritib berilgandiki, shu va shunga o`xshash so`zlar bilan fikrni zaharlaydigan darajaga etaklardi. O`sha damda bularni anglab etmagan ekanman. Aksincha, men din uchun o`z jonini fido qilib, "shahid" bo`lib, "Jannatga yo`l" olishni xayoldan o`tgazgan edim. Diniy ma`lumotlar darsini endilikda Dilorom opaning uyida yotib qolgan holda ola boshladim. Bu damda men "hijob" kiya boshlagandim. Endi o`ylasam, o`zim bilmagan holda tagi puch g`oyalarga ergashib, chuqurlashib ketgan ekanman. O`ziga yarasha, zamonaviy hayot kechiradigan qizdan, allaqanday diniy libosga o`rangan, “muslima”ga aylanib qolganimni sezmay qolibman.
Universitetimdagi darslarni ko`p qoldirganim uchun meni o`qishdan chetlatishdi. Onamni esa Rashid aka o`z qaramog`iga oldi. Ular "shar`iy" nikohdan o`tishdi. Bunga qarshilik qilmadim. Chunki men o`qiyotgan kitoblarda ayolning ersiz yurishi qat`iyan man qilinib, albatta, kimningdir nikohida bo`lish lozimligi yozilgandi. Rashid aka onamni olib boshqa bir davlatga o`z safdoshlarimizni kengaytirish uchun "jihod" qilgani ketishdi.
Yuklash txt | fb2
1 2 >>
Bosh sahifaga
Fayluz.Ru - Universal partal
0 / 6
Statok.netFAYLUZ.RU