, Mehmon!
Cheksiz +18 Yuklamalar !
Telegram rasmiy kanalimiz!!!
Kutubxona | Hikoyalar
1 2 >>

Iftorlikkacha (Ta'sirli real voqea)

Qo'shdi:Voqea (01.02.2018 / 08:27)
Reyting:rating 2858 article (0)
O'qilgan:188
Fikrlar:0
Beixtiyor tamshandi. Tili tanglayiga zulukdek yopishib, harakatsiz to`xtadi. Labini yalamoqchi bo`lgandi, og`ziga quruq, dag`al, qog`ozdek shiqirlagan narsa ilindi. Yutingandi, dimog`ida ham namlik sezmadi.
«Kun bo`yi quyoshda yurdim, — o`yladi u go`sht bozoriga umid bilan kirayotganida. — Tinkam qurib ketganga o`xshaydi. Tik oyoqda yuraversang, charchaganingni sezmaysan, lekin hozir birpas o`tirsang bormi, tanangni jon tark etayotgandek shalvirab qolasan...»
U har kuni ro`zg`orning yugur-yuguri bilan hali bozorga keladi, hali tomorqaga kiradi, hali o`choq-tandirning atrofida kuymalanadi. Bugun ham saharlikdan keyin tomorqadagi sabzining bir jo`yagini begona o`tlardan tozaladi. Keyin gullab-gurkirab yotgan kartoshkalarining tagini kavlab, ikki sumka terib oldi. Bozorga olib boradi. Harna bir-ikki so`m-da. Ikki sumkani ko`tarib uy tomon kelayotgandi, katta o`g`li boshini qashib chiqib keldi.
*.Turdilaringmi, bolam? — dedi u bo`yi ancha cho`zilib, elkalari ham kengayib, otasining kelbatini ola boshlagan o`g`lidan ko`z uzmay.
*.Nimalar qilib yuribsiz? Uyg`otmaysizmi, o`zim terib berardim, — norozi to`ng`iladi o`g`li.
*.Opangning hasip egisi kelibdi. Bozorga so`ppayib bormay, dedim. Sotsam pul.
*.Opam kelarmikan?
*.Ha. Kechga tomon kelib, yotib ketarkan. Birinchi marta bemalol kelishi. «Nima pishirib qo`yay desam», «hasip» dedi. Bolam bechora erta-indin tug`adi. Har nima tusaydi-da ko`ngli.
*.Ertaroq uyg`otmabsiz-da! Pomidorlarga suv qo`yishim kerak edi, — dedi o`g`li tomorqa tomon yurarkan.
*.Menam bir kirsam, chiqolmay qolaman. Sabzini «o`toq» qilib qolib ketdim. Singling turdimi?
*.Uxlayapti...
*.Qayoqqa oyi? — uyqusi o`chmagan ko`zlarini ishqalab so`radi qizi.
*.Bugun opang keladi. Yotib ketadi. Bozorga borib kelay. Hasiplik go`sht olishim kerak.
*.Hasip qilasizmi? — ko`zlari porlab ketdi qizchaning.
*.Ketdingizmi, oyi? — ortidan qizining ovozi keldi.
*.Ha. Choy qilib, akangni chaqir. Tomorqada och-nahor ishlayvermasin! Uylarni yig`ishtirib qo`y, opang keladi, dedim-a! Tushlikka yangi kartoshkadan qovurib eya qolinglar!
*.Sizam kartoshka olib keldingizmi? Butun dunyoni kartoshka bosib ketganmi, tavba? Nariroq turing, o`zi bir soatdan buyon sotolmay yotibman, — shang`illay ketdi yonidagi ayol.
*.Ishqilib sotay-da! Uyga qaytarib olib ketmay... — ming`irlab qo`ydi o`zicha.
*.Og`zim qurib ketdi-ya! Ishqilib, iftorlikkacha eson-omon etib olaylik... — deb qo`ydi u yonidagi ayolga.
*.Yur tez-tez! — ularning yoniga qo`lida chaqaloq ko`targan yoshgina kelin keldi. — Rahmat xola. Qo`yvoring, o`zi yuradi.
*.Yuring oy-i-i, — yalingan ovoz keldi naridan.
*.Uch bola bilan issiqda nima qilib yuribsiz? Yana hammasi kichkina ekan?
*.Otamning qon bosimi chiqib ketibdi. Shunga shoshib ketayotgandim. Buni ko`rmaysizmi, oyog`i chalkashib yiqilgani-yiqilgan.
*.Kichkina ekan-da! Katta odamlar chidolmayapti-ku issiqqa! — dedi jajji qizaloqni bag`ridan qo`ymay o`rnidan turarkan. — Qaysi tomonga yurasiz? Qo`yishib kelay...
*.Katta bekatga borishim kerak...
*.Rahmat, xola. Uyg`oting uni. Sizni ham ovora qildik.
*.Juda shirin uxlayapti. Qaysi taksiga o`tirasiz, birorta odamning qo`liga beramiz, — dedi ayol go`dakka achinib.
*.Tongda bo`ladi, kalla go`sht. Bu issiqda uni saqlab bo`ladimi? Eng oxirini yarim soatcha avval sotishdi-yov! — deyishdi hammasi.
*.Hasiplik go`shtni qaerdan topsam bo`ladi? — deya bozorda zir yugurdi.
*.Oyim keldi, — degan ovozdan so`ng xushi o`ziga qaytdi.
*.Opang keldimi? — dedi u kichkina qiziga qararkan.
*.Yo`q hali. Qo`shnimiz Gulnora opa bir dunyo go`sht tashlab ketdi. Boqayotgan ho`kizlarini so`yishibdi. «Sizlarning ham haqingiz bor. Oyingiz tomorqalaringizdan rosa o`t yulib tashlardi», dedi.
*.Mana oyi...
*.Voy, hasiplik go`sht-ku! — ayolning ko`zlari chaqnab ketdi. Qara, atay hasip qilishsin, deb beribdi-da Gulnora. Xudoyimdan aylanay, uyga go`sht kelganini bilib, menga kelinchakni ro`baro` qilgan ekan-da!
U ikki sumkani eshik oldiga qo`ydi-da, shirin uxlab yotgan kichkina qizini uyg`otdi. Keyin kiyinib chiqdi.
«Hammasi rahmatli otasiga o`xshab, hasipni yaxshi ko`radi. Tirik bo`lganida hozir uyam quvongan bo`lardi... — uyladi u. — Ha mayli, peshanasida bor ekan, qirq yoshning ustida ketish. Bolaligida sariq bo`lgan ekan. Og`ir mehnat ko`p qildi, aroq ichdi. Jigari ishdan chiqqanini sezmay ham qoldi. To`rt yildan oshibdi shunga ham...»
U o`zini ancha tutib olganini o`ylab, Xudoga shukr qildi. Harqalay, qiz chiqardi, o`g`li kollejda o`qiyapti. Kichkina qizi ham hademay maktabni bitiradi. Bir oyga qolmay, nevara ko`radi...
Xayol bilan uydan chiqib, ikki sumkadagi kartoshni ko`tarib, yo`lga tushdi.
Ramazon oyi bo`lishiga qaramay bozor gavjum. Nisholdayu xurmoning ko`pligi ro`za boshlanganini aytib turibdi.
«Kartoshkamni yaxshi pulga sotsam, bir qutigina xurmo ham olvolaman. Xurmo bilan og`iz ochish juda savobli emish. Nisholda ham olsammikan? Bolalarim erdi-da! «Katta qizim ham eb ketarmidi? Yaxshisi, nisholda olaman! Xurmoni boshqa safar olarman...» fayluz.ru U bolalarining og`zi tegishini o`ylab, ko`p narsa olishni diliga tugdi. Dehqon bozorining chetrog`iga o`tib, kartoshkasini oldiga qo`ydi.
Shundagina u atrofga nazar tashladi. Rostdan ham kartoshka sotayotganlar ko`p edi. U buni bir soat o`tib ham bir kilo sota olmaganida yanayam chuqur his qildi.
Quyosh erga uzangan nurlari orqali bor namlik, salqin havoni tortib olayotgandek edi. Shu darajada issiq va dim bo`ldiki, uning nafasi qayta boshladi. Og`zini namlash uchun tamshanay desa, tili harakatlanmasdi.
Bir soat o`tib, niyati o`zgardi: «Ishqilib, sota olay. Hasiplik go`shtlar tugab ketmasa, edi...»
Bandaning aytgani bo`larmidi? Tushdan keyin zo`rg`a ikkinchi sumkasi yarim bo`ldi. Qolgan uch-to`rt kilo kartoshka ko`ziga balodek ko`rina boshladi. Sillasi ham quridi, issiqda o`tiraverib. U oxiri qolgan kartoshkani qaytarib olib ketishga qaror qildi. Nima bo`pti, uyda eyilib ketadi-ku!
U sumkasini yig`di-da, o`rnidan qo`zg`aldi. Boradi-yu, go`shtni olib uyga jo`naydi. Hali go`shtni yuvib-chayib qozonga osgunicha ham gap ko`p. Kech bo`lib ketmasa bo`ldi. Qizining kelishiga tayyor bo`lsa, zo`r bo`lardi-yu, qani unga vaqt?
Ayol qadamini tezlatdi. Go`sht bozori tomonga endi burilmoqchi edi, bolaning chinqirib yig`lagani eshitildi. Undan sal narida bir yarim yasharcha qizaloq qaynoq asfaltga yiqilib, kuyayotgan qo`l-oyoqlarini tipirchilatib baqirardi. U jon holatda go`dak tomon otildi. Erdan ko`tarib oldi-yu, bag`riga bosdi. Sho`rlik qizaloqcha terga botgan, yuzlari bo`g`riqib ketgan, behuzur bo`lib ham yig`idan o`zini tiyolmasdi.
Kelinchak chaqalog`ini bag`riga mahkam bosgan, bilagidan sumkasi ham osilib turardi.
Ayol bo`ynini cho`zib qarab, uch yoshcha keladigan qizchani ko`rdi. Uyam qo`lida elim paket ko`tarib olgandi.
Ayol yo`lni chamalab ichini urib qo`ydi. Chunki etti yuz-sakkiz yuz metrcha narida. Bozorni aylanib chiqib, ko`prikdan o`tib, yana picha yurish kerak. U sumkasini elkasiga amallab o`tkazdi-da, qizaloqni mahkamroq tutdi. Uch yashar qizaloqqa ham rahmi keldi-yu,
Yuklash txt | fb2
1 2 >>
Bosh sahifaga
Fayluz.Ru - Universal partal
0 / 4
Statok.netFAYLUZ.RU