, Mehmon!
Cheksiz +18 Yuklamalar !
Telegram rasmiy kanalimiz!!!
Kutubxona | Hikoyalar

"Bu voqeani eshitib, larzaga tushdim" (O'qing faqat yig'lamang)

Qo'shdi:Voqea (01.02.2018 / 08:20)
Reyting:rating 2856 article (0)
O'qilgan:169
Fikrlar:0
Turkiyaning Shom chegarasiga yaqin Gaziantep shaharchasida qizim tengi qizaloqqa ko‘zim tushdi. Parishonxotir ona quchog‘ida yotgan besh yoshli go‘dakning bir qo‘li va bir oyog‘i yo‘q edi. Qiz o‘z tilida bir narsalar deb injiqlik qilar, onaizorning esa ko‘zidan duv- duv yosh oqardi. Ularni qochoqlardan biri ekanligini angladim. Yuraklari ezilib yig‘layotgan ona va yarimjon qizchaning ko‘zida dunyoning asl siyrati, alam va oxirat so‘roqlari jam bo‘lgan edi go‘yo...
Qizchaning qo‘liga shirinlik tutdim. Turkchada minnatdorchilik bildirgan ayolni yupatar ekanman, o‘rinsiz bo‘lsada farzandi nima sababdan bu xolga tushganini bilish istagida savol berdim.
Onaizor chuqur xo‘rsinib aytib bergan voqeadan larzaga tushdim.
..Aytishicha, qizcha avval juda sho‘x bo‘lgan. Ular yashagan qishloq vayronaga aylangan bo‘lsada omon qolgan tengdoshlari bilan kechgacha shataloq otib charchamasdi.
Bir kuni o‘ynab, vayron bo‘lgan xovlilarning biriga kirib qolishibdi. Qizaloq omon qolgan yolg‘iz daraxt shoxida qizarib turgan bir dona shaftoliga ko‘zi tushgach sevinib ketibdi.
Uni olaman deya daraxt ostiga yaqinlashgan zamon esa kuchli portlash yuz bergan. Ya’ni qizcha o‘sha shaftolini olaman deb portlamay qolgan snaryadni bosib olgan ekan.
- Hayotiku saqlab qolindi,- dedi ayol, farzandining boshini silar ekan, - Ammo har kuni yig‘lab, yaratganga iltijo qiladi.
« Allox, men boshqa shaftoli yemayman. Faqat, iltimos oyoqcham va qo‘limni qaytarib ber!» deyishlariga yuragim dosh bermayapti.
Uning qolgan gaplarini eshita olmadim.
...Ko‘z o‘ngimda Farg‘onagi bog‘imizda shohlari yerga egilgan daraxtlardan istagancha shaftolixo‘rlik qilayotgan bolalarim namoyon bo‘ldi. Bekzodamning oyoqlariga qadar oqib tushguvchi shira go‘yo mening ko‘zlarimdan oqayotganday o‘pkam to‘lib- to‘lib yig‘lardim....
Bizda bir dona shaftoli qancha turishini bilmadimu,
Vatanimni judayam sog‘inib ketdim.
Yuklash txt | fb2
Bosh sahifaga
Fayluz.Ru - Universal partal
0 / 4
Statok.netFAYLUZ.RU