, Mehmon!
Cheksiz +18 Yuklamalar !
Telegram rasmiy kanalimiz!!!
Kutubxona | Hikoyalar

Xiyonatkor xotin ( Detektiv hikoya).davomi.

Qo'shdi:Asilbeek (02.04.2016 / 09:51)
Reyting:rating 1929 article (0)
O'qilgan:258
Fikrlar:0
-Sizga toʻliq va batafsil ma’lumot
beramiz. Ma’lumot qachon tayyor
boʻlishi kerak?
-Menimcha, ikki hafta bemalol
yetsa kerak. Agar bu muddat
kamlikqilsa uzoqroq vaqt
kuzatishingiz mumkin.
-Koʻramiz... Lekin menimcha, ikki
hafta yetarli.-Yaxshi. Mana bu
mening tashrif qogʻozim. Mana
bu xatjildda esa xotinimning
rasmi va pul bor. Sizlarning
xizmatingiz bahosidan
xabardorman. Qancha pul ketsa
sarflayveringlar
.-Xotiningizning ismi nima?
-Kristin Enn. Osbornning nafasi
boʻgʻziga tiqilib qoldi. Kristin
Enn uning sevgilisi edi. Bu kishi
uning eri ekan-da. U xatjildni
ochdi va oʻzini bosib olish
uchun vaqtdan yutish umidida
suratva chekka tikildi. Jons uning
bu jiddiyligini ishga zudlik bilan
kirishish deb tushundi.-Ishga
jon-jahdingiz bilan kirishadigan
odam ekanligingiz koʻrinib
turibdi. Kelasi safar
koʻrishganimizda menga batafsil
ma’lumot berishingizga
ishonchim komil. Xayr. Markus
nihoyat tilga kirdi.
-Xayr, janob Jons,-dedi u
oʻrnidan turib, mijozini
eshikkacha kuzatib
qoʻyarkan.Jons ketgach, Markus
yana joyiga oʻtirdi. U karaxt
boʻlib qolgandi. U javonni ochdi
va ichidan bir shisha viski bilan
stakan oldi. U viskidan quydi va
ichkilik hoʻplagancha endi nima
qilish kerakligini oʻylay
boshladi.Uning yangi mijozi
Kristin Enning eri. «Unchalik ham
koʻrimli emas ekan,-oʻyladi u.
- Kristin u bilan ajrashib menga
tegishni istashi bejizga emas
ekan. Bundan tashqari, u meni
judayam sevadi».U mijoziga
haqiqatni yetkaza olmasdi.
Ammo baribir ma’lumot berishi
shart.U ishni agent Skott
Palmerga topshirishga va ikki
haftalik kuzatuv davomida
Kristin Enn bilan uchrashmay
turishga qaror qildi. Kristinning
eri unga qanday vazifa
topshirganini sevgilisiga
keyinroq, ma’lumotni berib
boʻlgach aytadi. Ular uning
ustidan miriqib kulishadi.Ikki
haftadan keyin Skott Palmer, oʻz
ishini chin dildan ado etuvchi
yigirma bir yoshli yigit
Osbornning xonasiga kirib keldi.-
Jonsning ishini nihoyasiga
yetkazdim. Ertaga ertalab
ma’lumotstolingiz ustida boʻladi.-
Zoʻr! Yana bir narsa. Iltimos,
janobJonsga qoʻngʻiroq qilib
ertaga ertalab soat oʻnda
xonamga kelishini aytib qoʻy.
-Xoʻp. Ertagacha.Ertasiga ertalab
Jons Osbornning oldiga
kelganida Skott ma’lumot
yozishni hali tugatib
ulgurmagandi.
-Xayrli tong, janob Jons. O’tiring.
Qahva ichasizmi? –dedi Osborn.
-Yaxshi boʻlardi. Rahmat.
Osborn plastik stakanga qaynoq
qahva quydi, shakar va qaymoq
solib Jonsga uzatdi. Ular endigina
qahvadan hoʻplay boshlashgan
paytda xonaga Skott kirdi va
Jons bilan koʻrishgach,
xoʻjayiniga ma’lumot solingan
jildnitopshirdi. Osborn
ma’lumotning asl nusxasini oldi
va darhol mijoziga uzatdi.
Ma’lumotning ikkinchi nusxasini
esa teskari holatda oldiga qoʻyib
qoʻydi.Jons ma’lumotni bir tuki
ham oʻzgarmay oʻqib chiqdi. U
oʻqib boʻlgach, Osbornga tikildi
va dedi:
-Uchta.
-Kechirasiz?
-Men shu narsadan
qoʻrqqandim. Atigi ikki hafta
ichida uch kishi.
-Nima toʻgʻrisida gapiryapsiz?
-Siz tayyorlagan ma’lumot.
Batafsil yozilibdi. Ikki hafta
ichida u uchta erkak bilan
uchrashishga ulguribdi.
Osborn bu soʻzlarni eshitib bir
qalqib tushdi. Ogʻzidagi qahvasi
toʻgʻri oldidagi ma’lumot
yozilgan qogʻozga tushdi.-Nima?
Kechirasiz,-dedi u.
U qahva toʻkilgan har bir
varaqni artgancha ma’lumotni
oʻqishga kirishdi.O’qishni
tugatgach, u oʻzini holsiz va
goʻldek his qildi. Osborn bor
kuchini yigʻib mijoziga tikildi.
Mijozi esa asta soʻz qotdi:
-Dunyoda biz umuman ishonib
boʻlmaydigan ayollar ham bor,
shunday emasmi?
Yuklash txt | fb2
Bosh sahifaga
Fayluz.Ru - Universal partal
0 / 2
Statok.netFAYLUZ.RU